“Хитой Саноат Мероси Технология Тарихи Талқинида“

978-9943-7121-7-1
67000.00
UZS
98000.00
UZS
Nashr yili: 2021
ISBN: 978-9943-7121-7-1
Tili: Oʻzbek (kirill)
Muqova: yumshoq
Betlar soni: 296




Mualliflar:
Chjang Bochun — Xitoy Fanlar Akademiyasining Tabiiy fanlar tarixi tadqiqot institutining sobiq direktori, Xalqaro fanlar tarixi akademiyasi akademigi, hamda Nankay universitetining Ilm-fan va texnologiyalar tarixi tadqiqot markazi direktori.
Fan Yibing — Xitoy Fanlar Akademiyasining Tabiiy fanlar tarixi tadqiqot instituti tadqiqotchisi va doktorlik dissertatsiyalari rahbari, asosiy tadqiqot yo‘nalishlari zamonaviy texnika tarixi, sanoat arxeologiyasi va sanoat merosi, hamda fan va texnologiyalar tarixini solishtirishni o‘z ichiga oladi.

Qisqa mazmuni:
Kitob asosan Xitoyning koʻhna sanoat yodgorliklari va texnologik taraqqiyotini tasvirlaydi. Unda Xitoyning asrlar davomida rivojlanib kelgan sanoati, texnologiyalari va ularni himoya qilish zarurati haqida hikoya qilinadi, mamlakatdagi 28 ta asosiy sanoat merosi yodgorliklari haqida batafsil maʼlumotlar beriladi. Masalan, Tunlyuyshan mis koni, Duszyanyan toʻgʻoni va Shenhayszin tuz qudugʻi kabi yodgorliklar texnologik taraqqiyotning eng muhim misollari sifatida keltiriladi.
Asarda Xitoyning texnologik va iqtisodiy taraqqiyot yoʻlida erishgan yutuqlari va sanoat yodgorliklarini asrab-avaylash masalalari koʻtariladi, sanoat meroslari nafaqat texnologik va iqtisodiy, balki madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega deb taʼkidlanadi.