Использование преимуществ традиционной китайской медицины для лечения распространенных заболеваний за границей
978-9943-8110-3-4
58000.00
UZS
89000.00
UZS
Купить сейчас
Qisqa mazmuni: Fan nuqtai nazaridan keng qamrovli tibbiyot sanalgan an’anaviy xitoy tabobati sog‘liqni saqlash, kasalliklarning oldini olish, davolash va tiklash qonuniyatlarini o‘rganadi. U keyingi yillarda noyob nazariy asoslariyu davolash tamoyillari tufayli xalqaro hamjamiyat e’tiborini qozondi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga a’zo 103 davlatda igna sanchish va kuydirish davolash usuli sifatida e’tirof etiladi. 29 davlatda an’anaviy xitoy tabobatiga doir qonun va nizomlar qabul qilingan, 18 davlatda esa igna sanchish va kuydirish tibbiy sug‘urta tizimiga kiritilgan. 139 mamlakat va hududdagi 500 dan ziyod Konfusiy institutlarining yarmidan ko‘prog‘ida an’anaviy xitoy tabobati va tayszi kurslari ochilgan. «An’anaviy xitoy tabobati: uning xorijda tarqalgan kasalliklarni davolashda qo‘llanishi» kitobi uzoq vaqtdan beri xitoy tabobati bo‘yicha tashxislash va davolash bilan shug‘ullanayotgan shifokorlarni uning amaliy va samarali usullari bilan tanishtiradi, natijada nazariy tushuncha olgan xorij shifokorlari o‘rgangan bilimlarini muvaffaqiyatli qo‘llay oladilar. Kitobning ichki kasalliklar, ginekologiya, pediatriya, jarrohlik va dermatologiya, xorijda ko‘p uchraydigan kasalliklarni qamrab olgan besh bo‘limida 30 dan ortiq kasalliklar bilan tanishish mumkin.