Chinese hieroglyphs

978-9943-8111-0-2
112000.00
UZS
132000.00
UZS
Qisqa mazmuni:
“Xitoy iyerogliflari” deb nomlangan o‘quv qo‘llanma Xan Szintanning “Xitoy iyerogliflari” asari asosida tarjima qilinib to‘ldirilgan. Ushbu kitob umumiy qabul qilingan yozuv va ko‘p miqdordagi rasmlar yordamida xitoy iyeroglifli yozuvining chuqur va ko‘p qirrali madaniyati haqida qisqacha tasavvur beradi. Shu tarzda, xitoylik va xorijiy kitobxonlar “iyerogliflar dunyosi”ga qiziqarli va foydali sayohat uyushtirishlari mumkin bo‘ladi.
Xitoy iyeroglifi – to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan va ma’noli vazifani bajaradigan yozuv belgisidir. Shuningdek, xitoy yozuvi dunyoda hozirgi kungacha saqlanib qolgan yagona qadimgi yozuv hisoblanadi. “Jonli qazilma yodgorlik” deb nomlangan xitoy iyerogliflari tamaddun tarixida o‘ziga xos g‘aroyibot ham hisoblanadi.
Iyeroglifli yozuv rasmlardan paydo bo‘lib rivojlangan. Rivojlanish davomida xitoy iyerogliflari szyaguven, szinven, syaochjuan, kanshu, kayshu kabi uslublarda mavjud bo‘lgan holda tashqi ko‘rinishi o‘zgarib borgan. Xitoy yozuvi asta-sekin piktografik shakldan belgili shaklga, murakkabdan soddalashtirilgan yozuvga aylangan. Iyerogliflarning soddalashtirilishi – xitoy yozuvi rivojlanishining asosiy yo‘nalishi. Ushbu qo‘llanmada mazkur jarayonlarni tasdiqlovchi ko‘p miqdordagi illyustrasiyalar taqdim etilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i (ro‘yhat raqami № 388-174) asosida nashrga tavsiya etilgan.

Author: S.A. Khashimova, S.A.Nasirova, J.Boybotayev

Genre: scientific

Publication year: 2023

Language: Uzbek

Muqovasi: Yumshoq

Namber of page: 212