Muallif haqida:
Dong Fuhua — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faxriy professori.
Qisqa mazmuni:
“Xitoy tili torin chertib, do‘stlik kuyin chalaylik” nomli ushbu to‘plam O‘zbekiston va Xitoy xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni ulug‘lovchi, madaniy aloqalarni mustahkamlovchi badiiy va sahna asarlari majmuasidir. Kitob muallifi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faxriy professori Dong Fuhua xonim bo‘lib, u o‘zining ko‘p yillik pedagogik faoliyati davomida yig‘ib borgan tajribasi va ijodiy ishlanmalarini ushbu nashrda jamlagan.
Asarda maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilaridan tortib, o‘rta maktab o‘quvchilari va universitet talabalarigacha bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallangan she’rlar, qo‘shiqlar, kichik sahna ko‘rinishlari, dramatik lavhalar va sahna asarlari keltirilgan. Ularning mazmuni do‘stlik, bag‘rikenglik, madaniy almashinuv, tinchlik, tabiatni asrash kabi umuminsоniy qadriyatlarni targ‘ib qiladi.