Mualliflar:
Chjen Fentyan va boshqalar
Qisqa mazmuni:
Kitob qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga bagʻishlangan. Kitobda Xitoyning qishloq hududlarini tiklash strategiyasi va ushbu jarayonning mamlakat iqtisodiyoti hamda jamiyatga taʼsiri keng koʻlamda tahlil qilinadi. Asarda qishloq xoʻjaligida erishilgan yutuqlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qishloq hududlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot beriladi.
Kitob qishloq xoʻjaligini tiklash va modernizatsiyalash boʻyicha strategik yondashuvlar, qishloq xoʻjaligi va sanoatning uygʻun rivojlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar hamda ekologik barqarorlik masalalariga bagʻishlangan. Bu asar qishloq hududlarini rivojlantirish boʻyicha tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar va bu sohadagi islohotlarga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.