Краткая история математики -- от нуля до бесконечности
Nashr yili: 2022
ISBN: 978-9943-7121-8-8
Tili: Rus
Muqova: yumshoq
Betlar soni: 368


Muallif haqida:

Say Tyansin — Chjejiang universiteti matematika fakulteti professori, shoir, yozuvchi. 15 yoshida universitet talabasiga aylanib, 24 yoshida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan matematik.


Qisqa mazmuni:

Say Tyansinning “Matematikaning muxtasar tarixi” kitobi insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishiga matematik kashfiyotlarning qanday taʼsir qilganligini ochib beradigan qiziqarli tadqiqotdir. Muallif koʻp yillik matematik va adabiy izlanishlarga tayanib, zamonaviy matematika va turli madaniyatlar tarixini oʻzaro bogʻlaydi. Say Tyansin matematikaning sanʼat, falsafa, fan va hatto siyosat bilan qanday chambarchas bogʻliq ekanligini koʻrsatib, matematik gʻoyalar insoniyatning intellektual rivojlanish yoʻlida qanday hamroh boʻlganini yoritadi.

Nashrning oʻziga xos jihati ayol matematiklar faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilishi, shuningdek, buyuk olimlarning din va falsafaga boʻlgan turli qarashlari oʻrtasidagi tafovutlarni oʻrganishdir.

“Matematikaning muxtasar tarixi” nafaqat fan tarixiga qiziquvchilar, balki madaniyat va sanʼat ixlosmandlari uchun ham foydali boʻladi, chunki bu asar matematikaning insoniyat hayoti va madaniyati bilan ming yilliklar davomida qanday bogʻliq boʻlganini tushunishga yordam beradi.

99 990
UZS
129 000
UZS
Kitobning suratlari
Buyurtma berish qanday amalga oshiriladi?
Tanlov
Nashriyotimiz kitoblari bilan tanishib, o'zingizga kerak kitoblarni tanlang
Aloqa
Telegram orqali menejerlarimiz bilan bog'laning
To'lov
To'lovni qulay uslub (Click, Payme, bank kartasi, naqd) da amalga oshiring
Yetkazish
To'lovni qabul qilgach, kitoblar kuryerlarimiz yoki pochta orqali yuboriladi
Boshqa kitoblar